Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi direktori Dilshod Abidov joriy yilning 1-6-iyun kunlarida Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida “Belagro-2026” xalqaro koʻrgazmayarmarkasida ishtirok etdi. Yarmarka doirasida “UZAGROSTAR XOLDING” kompaniyasi milliy brend ostidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini namoyish etildi. Shuningdek: 1. “Belagro-2026” xalqaro koʻrgazmasidagi ishtirok va yuqori darajadagi uchrashuvlar Kompaniyaning ekspozitsiyaga O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmatulla Nazarov, Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Shuleyko hamda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri o‘rinbosari Aleksandr Yakovchis tashrif buyurishdi. Mehmonlar taqdim etilgan mahsulotlar sifati va assortimenti bilan yaqindan tanishib, o‘zaro savdo aloqalarini kengaytirishga katta qiziqish bildirdilar. 2. Eksport salohiyatini kengaytirish hamda zamonaviy savdo infratuzilmasini rivojlantirish Belarus Respublikasi Minsk tumani hududida joylashgan “Новый Лебяжий” bozoriga tashrif buyurildi, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilinib bozor rahbariyati hamda bozorda faoliyat yuritayotgan savdogarlar bilan muzokaralar o‘tkazildi. Mahalliy mahsulotlarni Belarusga yetkazib berish bo‘yicha bozorning yirik tadbirkorlari hamda O‘zbekistonlik yirik yetkazib beruvchilar o‘rtasida joriy yilning 11–12-iyun kunlari video-uchrashuv (onlayn muzokara) o‘tkazishga kelishildi. Shuningdek, bozor ma’muriyati tomonidan o‘zbekistonlik tadbirkorlarga alohida rastalar ajratib berilishi yoki alohida majmua qurib berishga tayyorlik bildirildi. IJRO.GOV.UZ tizimi orqali ERI bilan tasdiqlangan, Hujjat kodi: XO73685877 3. Chorvachilik va logistika sohasidagi muzokaralar hamda tajriba almashinuvi Chorvachilik yo‘nalishi: O‘zbekiston delegatsiyasi va Belarus Respublikasining “Белплемживобъединение” tashkiloti o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar yakunida Samarqand viloyatiga yirik shoxli qoramol yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi. Logistika va bojxona amaliyoti: Minsk tumanida joylashgan “OzercoLogistik” OAJ savdo-logistika markazi direktori Valeriy Jigunov bilan uchrashuv tashkil etildi. Markaz hududida joylashgan “Belkultorg” bojxona rasmiylashtiruvi punkti (PTO) orqali xalqaro yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish bo‘yicha Belarus tajribasi va amaliyoti atroflicha o‘rganildi hamda o‘zaro tajriba almashinildi. 4. Mogilyov viloyati rahbariyati bilan muzokaralar va yirik investitsiyaviy loyiha Mogilyov viloyati gubernatorining birinchi o‘rinbosari Sergey Konstantinovich Savitskiy bilan o‘tkazilgan uchrashuv doirasida hududiy iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonlik tadbirkor — "MARAQAND MEAT" MChJ va Mogilyov viloyati ijroiya qo‘mitasi o‘rtasida ushbu hududda yirik chorvachilik kompleksini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi. 5. Vitebsk viloyatidagi agrosanoat korxonalariga tashrif Xizmat safarining to‘rtinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi Vitebsk viloyatida joylashgan “Ozersi” KUP, “Yazno” KUP va “Papshuli” OAJ qishloq xo‘jaligi korxonalariga (fermer xo‘jaliklariga) tashrif buyurdi. Tashrif davomida O‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan mazkur xo‘jaliklarda yangidan o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.