Attention! The website is operating in test mode.

5S, Kaizen, Just-in-Time (JIT), Kanban kabi Lean vositalarini amaliyotga joriy etishda “Integration consulting group” bilan hamkorlik seminari o‘tkazildi

09.Apr.2025

Hamkorlik seminarining asosiy maqsadi xususiy sektorda yashil biznes loyihalarini rivojlantirish, Lean Production yondashuvlarini ishlab chiqarish tizimlariga tatbiq etish orqali mahsulot tannarxini kamaytirish, ishlab chiqarish tsikllarini optimallashtirish, mijoz ehtiyojiga yo‘naltirilgan yondashuvni mustahkamlash va ichki jarayonlarda ortiqcha resurs sarfini bartaraf etishdan iborat bo‘ldi.

Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:

  • 5S, Kaizen, Just-in-Time (JIT), Kanban kabi Lean vositalarini amaliyotga joriy etish tajribalari
  • Jarayonlardagi ortiqcha harakat, kutish, ortiqcha zaxira va boshqa yo‘qotish turlarini aniqlash
  • Ishlab chiqarish xodimlarining roli va qatnashuvini kuchaytirish orqali uzluksiz takomillashtirish madaniyatini shakllantirish
  • Raqamli monitoring tizimlari orqali ishlab chiqarish samaradorligini tahlil qilish va baholash.

Yig‘ilish natijalariga ko‘ra:

  • Pilot korxonalarda Lean Production usullarini sinov tariqasida joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishish;
  • Har bir korxonada jarayonlarni tahlil qilish va takomillashtirish uchun Lean guruhlarini tashkil etishni rejalashtirish;
  • Ishchilarni Lean madaniyatiga jalb etish maqsadida o‘quv-trening dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
  • Korxonalar faoliyatini baholash uchun asosiy ko‘rsatkichlar (KPI) tizimini ishlab chiqish bo‘yicha xulosaga kelindi.

Mazkur yo‘nalishni rivojlantirish va keng targ‘ib qilish maqsadida:

  • Yirik sanoat zonalari va ishlab chiqarish klasterlarida Lean Production laboratoriyalarini tashkil etish;
  • Xalqaro tajriba asosida milliy metodologiyalarni ishlab chiqish;
  • Sifat menejmenti tizimlari (ISO 9001) bilan Lean yondashuvlarini integratsiyalash;
  • Mahalliy yetkazib beruvchilar bilan kooperatsiyada samaradorlikni oshirish uchun umumiy Lean strategiyalarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarishda qiymat yaratishga xizmat qilmaydigan barcha jarayonlarni aniqlash va ularni optimallashtirish bo‘yicha tizimli yondashuv zarurligi ta’kidlandi. Bu yig‘ilish Lean Production falsafasini chuqurroq o‘zlashtirish hamda sanoat samaradorligini oshirish borasida muhim bosqich bo‘ldi.