Attention! The website is operating in test mode.

“Lean Six Sigma” ilg‘or metodologiyasi bo‘yicha intensiv trening o‘tkazildi

10.Apr.2025

2025-yilning 2-4-aprel kunlari O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarining to‘qimachilik va qurilish sohalarida kichik va o‘rta biznes (KO‘B) faoliyati samaradorligini baholashda “Lean Six Sigma” tizimini qo‘llash bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Germaniya hukumatining Deutsche Gesellschaft Für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH” tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish va iqtisodiy siyosat bo‘yicha konsalting” muhim loyihasi doirasida nufuzli “Integration Consulting” konsalting kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

“Lean Six Sigma” tizimini takomillashtirish va uni amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan treningda tizim samaradorligini oshirish, jarayonlardagi yo‘qotishlarni aniqlash va bartaraf etish, sifatni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari hamda uzluksiz takomillashtirish tamoyillarini kuchaytirish bo‘yicha masalalar yuzasidan davra suhbati amalga oshirildi.

Shuningdek, muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:

  • “Lean Six Sigma” vositalaridan tarmoqlar kesimida (sanoat, xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash va davlat boshqaruvi) foydalanish imkoniyatlari
  • Mahalliy sharoitga mos DMAIC (Define, Measure, Analyze, Improve, Control) metodologiyasini joriy etish yo‘llari
  • Xodimlar malakasini oshirish uchun maxsus o‘quv dasturlari va sertifikatlash tizimlarini yo‘lga qo‘yish
  • Tahliliy yondashuvni kuchaytirish maqsadida raqamli texnologiyalar va ma’lumotlar tahlilini (data analytics) keng qo‘llash
  • Yig‘ilish natijalariga ko‘ra, “Lean Six Sigma” tizimini tashkilotlar faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha amaliy harakat rejasi ishlab chiqish
  • Sifat ko‘rsatkichlarini oshirish va yo‘qotishlarni kamaytirishga qaratilgan pilot loyihalarni boshlash
  • Har chorakda monitoring va tahlil asosida tizim natijadorligini baholab borish mexanizmini joriy etish
  • Tizimni rivojlantirish uchun xalqaro tajribalarni o‘rganish yuzasidan xulosalarga kelindi.

O‘quv dasturida Markaz xodimlari faol ishtirok etdi. GIZ O‘zbekistondagi “Loyiha komponentlari” menejeri Igor Eromenko va Germaniya “Integration Consulting Group” guruhi rahbari Atanas Kochov ishtirokchilarning yangi bilimlarga ega bo‘lish istagini yuqori baholadilar va O‘zbekiston korxonalari faoliyati samaradorligi va raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirish uchun tejamkor “Lean Six Sigma” tamoyillarini joriy etish imkoniyatlarini ko‘rsatib berdilar.