2025 yil 25 oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida О‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish bо‘yicha “Kayzen yonadshuvi va prinsiplari” mavzusida о‘quv amaliy dasturi tashkil etildi.
“Kaizen”falsafasi bu - ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish jarayonlarini doimiy ravishda takomillashtirish, xodimlarning ishtirokini oshirish va samaradorlikni yaxshilashga qaratilgan zamonaviy menejment yondashuvi.
О‘quv amaliy dasturda Jizzax viloyatining 12 ta faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Ushbu amaliy seminarga soha ekspertlari yaponiyalik mutaxassis Mitsuo Tamada (JICA mutaxassisi, YTTB (EBRD) katta sanoat bо‘yicha maslahatchi) va Marat Mirzadjanov (“Navoiy KMK” AJ bosh mutaxassisi, “О‘zbekiston-Yaponiya markazi” о‘qituvchisi) tomonidan Yaponiyaning mashxur “Kayzen” falsafasining asosiy tamoyillari — doimiy takomillashuv, ish joyida tartib-intizom, samaradorlik va jamoadagi hamjihatlik tо‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.
Dasturda tadbirkorlar, menejerlar, marketing, savdo, xaridlar va HR bо‘yicha mutaxassislar ishtiroki korxona va tashkilotlarning kelajakdagi raqobatbardoshligini oshirishga, mahsulot yoki xizmat yaratish jarayonlaridagi yо‘qotishlarni aniqlash va bartaraf etishga, jarayonlarni standartlashtirish hamda doimiy takomillashtirishga, shuningdek, biznes boshqaruvini yangi samaradorlik darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.
Shuningdek, о‘quv amaliy seminar davomida:
- “5S” asosida jarayonlarni doimiy yaxshilash;
- Xodimlar ishtirokida ish jarayonlarini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish;
- “PDCA” (Plan–Do–Check–Act) sikli orqali mahsulot va xizmat sifatini uzluksiz ravishda nazorat qilish va yaxshilab borish;
- Yaponiya va xalqaro tajribaga asoslangan “Kayzen” usul va “3 Gen” vositalarini о‘rganish;
- Korxona raqobatbardoshligini mustahkamlash va xarajatlarni kamaytirish va “Kayzen” falsafasi bо‘yicha korxona va tashkilot mutaxassis va xodimlari bilan ochiq muloqot savol-javob tarzida bо‘lib о‘tdi.